insurez
13-05-2025 18:17

Munosabat


Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar Goʻzalkent mahallasi, Bobur koʻchasi 28 koʻp qavatli uy atrofidagi chiqindixona yuzasidan video murojaat tarqalgan. 

Mazkur murojaat boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Sh.Saydiyevning maʼlum qilishicha, murojaat nazoratga olinib xizmat koʻrsatuvchi “Qoʻrgʻon smart boshqaruv 777” MCHJ (BSK) tomonidan maxsus texnika jalb etgan holda chiqindilarni olib ketish ishlari tashkil etilgan.  

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan ikkinchi chiqindixona faqatgina barg-xazonlarni vaqtincha toʻplash hamda olib chiqish uchun maxsus qurilganligi  yuzasidan shu hududda yashovchi fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilayotganligi bildirilmoqda.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -