insurez
22-04-2024 18:02

MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahar Bobur ko‘chasi 24 ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida suv bosib yotganligi bo‘yicha videomurojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo‘limi boshlig‘i Sherzod Saydievning ma’lum qilishicha, ushbu ko‘p qavatli uyning oqava quvurida yuzaga kelgan nosozlik tufayli uyning yerto‘la qismiga suv oqishi kuzatilgan. Bugun xizmat ko‘rsatuvchi “Miyonkol SMART” MChJ boshqaruv kompaniyasi tomonidan ushbu oqava quvuridagi nosozlik ta’mirlanib, muammoni bartaraf qilish choralari ko'rilgan.

Yerto‘ladagi namgarchilik qurigandan so‘ng xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasi tomonidan shahar SEO va JS markazi mutaxassislari yordamida zararsizlantirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

 Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -