MUDOFAA ISHLARI BO‘LIMI XODIMLARINING XIZMATI E’TIROF ETILDI
Mamlakatimizda Milliy armiyamizni isloh qilish yo‘lida uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaga binoan uni tubdan, ijobiy o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lindi. Milliy armiyamizga munosabat o‘zgardi. Eng muhimi bugun o‘zining Vatan himoyachisi sifatidagi yigitlik burchini chuqur anglagan yoshlar uchun Milliy armiyamiz chinakam mardlik va fidoyilik maktabiga aylandi. Bunda Mudofaa bo‘limlarining ham o‘rni yuqori bo‘lmoqda.
Bugun, Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi sanasi arafasida shahar hokimi Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘on Mudofaa ishlari bo‘limida bo‘ldi va ularning jamiyat tinchligi xalq farovonligi yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdi.
Shuningdek, o‘zining tashabbuskorligi, fidoyiligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan muassasaning bir guruh xodimlariga shahar hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.