insurez
09-09-2025 18:42

MUAMMOGA YЕCHIM - FUQAROGA E’TIBOR


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat saroyi binosida shahar hokim o’rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan aholi muammolarini o’rganish yuzasidan ommaviy sayyor qabul o’tkazildi. 

O’tkazilgan ommaviy sayyor qabulda aholi tomonidan bildirilgan har bir masala mas’ullar tomonidan sinchiklab o‘rganildi hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlar asosan ish bilan ta’minlash, kredit ajratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ayollar daftariga kiritish, uy joy ta’miri va boshqa masalalardan iborat bo‘ldi. 

O’tkazilgan qabul davomida kelib tushgan 30 ta murojaatning 10 dan ortig’i joyida ijobiy hal etildi, 6 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolganlarining ijrosi nazoratga olinib, mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.  

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -