insurez
27-05-2025 11:33

“MIYONKOL”  MAHALLASIGA RAIS SAYLANDI


Shahrimizda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.  
“Miyonkol” mahallasi fuqarolar yigʻini raisi saylovida ham mahalla vakillari faol ishtirok etdilar.  Dastlab, nomzodlar oʻzlarining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirdilar.  

Saylov yakuni natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz olgan nomzod Rustam Tursunov mahalla raisligiga qayta saylandi. Mahalla vakillari fuqarolar yigʻini raisining xalq turmush sharoitini yaxshilash yoʻlidagi kelgusidagi ishlarini  bardavom boʻlishini bildirdilar.

Teglar
- -