insurez
14-06-2024 17:26

MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT MA’NAVIYATI KO’ZGUSI


Bugun, SamDU Kattaqo'rg'on filialda “Milliy qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi.
Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analari, barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

 Saylda talabalarni asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ezgu qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, milliy urf-odat, an'analarimizni ularga yetkazish, ming yillar davomida bizga yetib kelayotgan etnosport turlaridan kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, chillik va besh tosh kabi o‘yinlar namoyish qilindi. 

Ijro etilgan milliy qo‘shiqlar o‘zbek xalqining boy musiqiy merosini yodga soldi. Ijrochilar milliy cholg‘u asboblaridan foydalangan holda, an’anaviy va zamonaviy qo‘shiqlarni ijro etdilar.

Teglar
- -