"MILLIY LIBOSLAR KUNI" O‘TKAZILMOQDA
Kattaqo'rg'on shahar Tibbiyot birlashmasi xodimlari har juma "Milliy liboslar kuni" ni nishonlashni an’anaga aylantirdilar. Tashabbusdan asosiy maqsad o‘zbek milliy madaniy merosini, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularga bo‘lgan qiziqishni oshirishni nazarda tutadi.
«Milliy liboslar kuni» doirasida tibbiyot xodimlari odatdagi oq xalat yoki maxsus tibbiy kiyim bilan birga o‘zbek milliy libosi unsurlarini taqib yurishadi. Masalan, milliy naqshlar bilan bezatilgan sharflar yoki boshqa ziynatlar ularga betakror ko‘rinish berib, jamoada iliq muhit yaratilishiga hissa qo‘shadi. Xodimlarning aytishicha, har juma kuni tashkil etilayotgan bu aksiya milliy qadriyatlarimizga nisbatan muhabbatni yanada mustahkamlab, jamoaviy birdamlikni oshirmoqda.
Milliy libos – milliy g‘urur! Keling, an’analarimizni ardoqlaylik va ularni hayotimizga yanada chuqur singdiraylik!