Milliy liboslar kuni
Bebaho merosimiz bo‘lgan, o‘zligimizni o‘zida namoyon etgan milliy liboslar, tilimizni asrab-avaylashimiz lozim.
Bugun shahar istirohat bog‘ida Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbirda “Juma- milliy liboslar kuni” munosabati bilan tadbirda yigitlar boshda duppi, xotin qizlar esa egnilarida milliy liboslar bilan ishtirok etdilar.
Ular milliyligimizni faxr bilan targ‘ib qilishga va madaniyatimizni kelajak avlodlarga etkazishga munosib hissa qo‘shishni niyat qilganlar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.