Milliy libos – bu nafaqat an’anaviy kiyim, balki yurtimiz madaniyati va o‘zligimizning ajralmas qismidir.
Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.
Kattaqo'rg'on shahar MMTB tasarrufidagi 11- IDUM direktori Salimova Ozoda Yusupovna Samarqand shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tomonidan tashkil etilgan "Milliy libos menga yarashadi" nomli tanlovda faol ishtirok etib, Samarqand shahar hokimligining diplomi va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.