insurez
27-07-2024 14:15

Memorandumlar sonu ko’paymoqda


Xitoyda bo‘lib turgan shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligidagi delegatsiya vakillari qatorida tibbiyot sohasi mas’ullari Xitoydagi eng yirik Baidu texnologik kompaniyasida bo‘ldi.  Kompaniyadagi tibbiyot sohasida sun’iy intellektni qo‘llash imkoniyatlari va bu boradagi texnologiyalar bilan ham tanishdilar.
Xuddi shuningdek, shahar hokimi bilan uchrashuv doirasida kompaniya vakillari ham o‘zlarining loyihalarini taqdim etdi.

O‘tkazilgan muzokaralar doirasida shahrimizdagi Platinum Print - reklama va marketing agentligi va Xitoyning TOP ro’yxatida turuvchi texnologik Baidu kompaniyasi o’rtasida o’zaro kelishuv imzolandi.

Kattaqo’rg’on shahar delegatsiyasi tomonidan Xitoyning Xinan va Nankin provinsiyalar tadbirkorlari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlar natijasida 10 dan ortiq loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -