MEHR VA E’TIBOR OG‘UShIDA
Yurtimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr ko‘rsatish muqaddas qadriyat hisoblanadi.
3- dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar ham tom manoda o‘zaro mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishga xizmat qilib kelmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan shahrimizdagi “Yunusobod” tadbirlar maskanida tashkil qilingan tadbir ham azaliy qadriyatlarimizga hamohang tarzda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova bugungi kunda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida so‘z yuritdi. Muhimi, imkoniyati cheklangan har bir yurtdoshimiz xalqimizning, davlat idoralarining e’tiborida ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga sovg‘alar taqdim etildi.
Bayram dasturxoni atrofidagi tadbir shahar madaniyat bo‘limi san’atkorlarining musiqiy dasturi ostida davom etdi.




