MEHNAT YARMARKASI O’TKAZILDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi va Harbiy prokuratura hamkorligida harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a`zolari, shuningdek ishsiz fuqarolarning turli qatlami a`zolarini ishga joylashtirish, bandligini taminlash maqsadida 02855-sonli harbiy qismda bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarka davomida taklif qilingan ishsiz fuqarolar o‘zlariga maqbul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga va kasb-hunarga o‘qishga yo’naltirildi hamda ularga mehnat qonunchligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.