insurez
08-10-2025 17:44

MEHNAT SHARTNOMASINI ELEKTRON TUZISH MUMKIN


Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 74-moddasiga koʻra mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Biroq shartnomaning yozma shakli deganda faqat qogʻoz shaklidagi shartnomani tushunmasligimiz lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 366-moddasiga (shartnomaning shakli) koʻra, yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yoʻli bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.

“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonunning (Qonun yangi qabul qilingan, 14.01.2023 dan kuchga kirdi) 4-moddasiga (Yelektron raqamli imzoning va qoʻlda shaxsan qoʻyilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini eʼtirof etish shartlari) koʻra, bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda, elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga qoʻlda shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega boʻladi, agar

- elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan boʻlsa;

- elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash paytida yoxud imzolash paytini belgilovchi dalillar mavjud boʻlganda elektron hujjatni imzolash paytida amalda boʻlsa;

- elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan boʻlsa.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya etilgan taqdirda, yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan qogʻoz hujjatga tenglashtiriladi.

"Yelektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida"gi Qonunning 4-moddasiga (Yelektron hujjat aylanishi) koʻra, elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.

Demak, yuqoridagi qonun hujjatlari talablariga qatʻiy rioya qilinsa, mehnat shartnomasini elektron tuzish mumkin.

 

Teglar
- -