Mehmonxonalardagi sharoitlar yetarlimi?
Kuni kecha Samarqand viloyat hokimi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan sayyohlar uchun sharoitlar yetarli emasligi muhokama qilinib, tegishli topshiriqlar berilgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar hokim o‘rinbosarlari, shahar “Inson” ijtimoiy xizmat markazi hamda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi mas’ullari ishtirokida bu borada shahardagi mavjud mehmonxonalardagi sharoitlar o‘rganildi.
Shahrimizdagi mehmonxonalarga tashrif davomida mas’ullar tomonidan bu yerdagi sharoitlar o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan sayyohlar va mehmonlarga yanada qulay shart- sharoitlarni yaratish bo‘yicha mehmonxona rahbarlariga tegishli tavsiyalar berildi.