insurez
04-09-2025 15:04

MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MASHQI OʻTKAZILDI


Favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi oʻrinbosari, podpolkovnik D.Sanaqulov va Kattaqoʻrgʻon shahar FVDqT tashkilot rahbarlari boshchiligida Kattaqoʻrgʻon shahar telekommunikasiya bogʻlanmasi orqali favqulodda holat signali berilib, FVDqT tarkibiga kiruvchi xizmatlar Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyi binosi oldida yigʻildi.

Talabalar turar joyida mas'ullar ishtirokida maxsus taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi. Taktik  mashgʻulot davomida oʻqituvchi va talabalarga zilzila roʻy bergan vaqtida harakatlanish tartib-qoidalari boʻyicha tushuncha va koʻnikmalar berildi. 

Shuningdek, tadbir davomida FVDqT xizmatlarining favqulodda xolatlarga tayyorgarligi koʻzdan kechirilib, ularning vazifalari tushuntirildi.

Teglar
- -