insurez
02-12-2025 17:17

MAVSUM RISOLADAGIDEK O‘TISHI LOZIM


Hozirgi kunda shahrimizda mavjud 22 mingdan ortiq aholi xonadonlariga va 300 tadan ortiq ulgurji gaz isteʼmolchilariga (isteʼmol nuqtalari) tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. “Kattaqo‘rg‘onshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limining 43 nafar xodimlari aholini gaz resursi bilan taʼminlash yo‘lida xizmat qilishadi.

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahar gaz idorasida bo‘lib, tashkilot faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida aholi tomonidan qilinayotgan murojaatlarning tezkor ijrosi, qarzdorliklarni so‘ndirish va muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha ishlar tahlil qilindi. Bundan tashqari kuz-qish mavsumi uchun jamg‘arilgan zaxira anjomlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, korxona masʼullarining aholiga gaz yetkazib berish sifatini yana-da yaxshilash va qish masumini betalofat o‘tkazish yuzasidan hisobotlari tinglanib, tegishli vazifalar belgilandi. 

Teglar
- -