insurez
25-06-2025 18:01

MAS'ULLARGA VAZIFALAR BELGILANDI


Ma’lumki, 16-iyun kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida bir qator vazifalar belgilanib, hududlarda “Islohotlar shtabi”ni tuzish borasida tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida shahar mahallalarini rivojlantirish va aholiga kompleks xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Islohotlar shtabi”ning navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Respublika ishchi guruhi vakilillari, shahar hokimining o’rinbosarlari, mahallalar yettiligi hamda mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida mahalla yettiligi va mas'ul rahbarlar tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi muhokama qilindi hamda bu borada hududlarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar
- -