MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan ko‘p qavatli uy-joylarni foydalanishga topshirish holati, “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar, sanoat korxonalari faoliyati yuzasidan shahar mas’ul rahbarlarining axborotini tingladi.
Shuningdek, ko‘rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.