insurez
04-02-2025 11:19

MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI


Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig’ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o’rinbosarlari, tegishli korhona-tashkilot rahbarlari hamda maktablar direktorlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.

Shahar hokimi kun tartibida ko‘rilgan masalalar, ya’ni, o‘quvchilarni ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish, suv resurslari va irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishini ta’minlash hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini tingladi. 

Ko'rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -