MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 428-son qarori ijrosi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning bajarilish holatlari, PQ-1-sonli qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini tingladi.
Shuningdek, ko‘rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.