MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan investitsiya dasturlari asosidagi qurilayotgan ob’ektlarda amalga oshirilayotgan ishlar, quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatilishi hamda foydalanish holati, sanoat korxonalari faoliyati va boshqa masalalar yuzasidan shahar mas’ullarning axborotini tingladi.
Shuningdek, ko‘rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




