MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig’ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o’rinbosarlari, tegishli korhona-tashkilot rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi kun tartibida ko‘rilgan masalalar, ya’ni, bandlik dasturi ijrosi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, turizmni rivojlantirish va jismoniy imkoniyati cheklangan sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, uy-joy subsidiyalari hamda “Yashil makon” dasturining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini tingladi.
Ko'rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.