Mas’ullarga topshiriq berildi
Kattaqo’rg’on shahar hokimligida shahrimizdagi otaliqqa olingan yoshlar hamda bandligini ta'minlash rejalashtirilgan ishsiz yoshlarning muammolarini oʻrganish holati va amalga ishirilgan ishlar holati tahlili yuzasidan ushbu yoshlarga biriktirilgan tashkilot rahbarlari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilish avvalida shahar hokimi Gavhar Alimova yoshlarning jamiyat rivojida tutgan o‘rni, bugungi kunda ularning sifatli ta'lim olishlari va zamonaviy kasblarni puxta egallashlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash kabi masalalar to'g'risida so‘z yuritdi.
Yig’ilish davomida mas’ul rahbarlarning olib borayotgan ishlar bo’yicha axborotlari eshitildi hamda yoshlarning bandlik, ta’lim, sport va madaniyat sohalaridagi muammolari atroflicha muhokama etilib, yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.