MAS’ULLARGA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, tegishli korhona-tashkilot rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan Bandlik dasturi ijrosi, “Davlat tili haqida” gi Qonunning 20-moddasi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi ijrosi, shahrimizdagi Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati va boshqa masalalalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini tingladi.
Shuningdek, ko‘rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.