MAS’ULLARGA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar bilan ishtirok etdi. Yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan shahar hokimi mas’ullarning axborotlarini eshitdi va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlarni berdi.
Shuningdek, uy-joylar xarid qilish uchun ajratilgan subsidiyalar, “Edo.ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlarning ijrosi, noqonuniy qurilishlar va ularni bartaraf etish, maishiy chiqindi uchun debitor qarzdorlikni undirilishi, hamda o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv-moddiy bazasini boyitish bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlarning holati yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.