Mas’ullar bilan seminar o‘tkazildi
Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom voyaga yetishini ta’minlash maqsadida ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Shunday muhim hujjatlardan Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 626-son “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarordir.
Kuni kecha shahar SEO va JS bo‘limida Kattaqo‘rg‘on shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu qaror ijrosini hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining “MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishi” to‘g‘risidagi Sanitariya Qoida va Me’yorlariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida hamshiralar va mas’ullar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Unda shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Daminov ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarga qaror talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tushunchalar berildi.