“Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining topshirig‘i asosida ta’lim muassasalarida “Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasini amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 7-bandiga muvofiq, “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kursi doirasida “Oilaviy konfliktlar, notinch va noto‘liq oilaning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Shokirova, xotin-qizlar psixologi G.Inatullayeva hamda aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekan maslahatchisi R.Norqosimova tomonidan tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga oilaviy nizolar, notinch va to‘liq bo‘lmagan oilalarning psixologik holati, ularning jamiyatga ta’siri, shuningdek, sog‘lom oilaviy munosabatlarni shakllantirishga oid zaruriy tavsiyalar berildi.




