Ma’naviyat festivali
Kattaqo‘rg‘on shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Ma’naviyat festivali" ishtirokchilari “Ma’rifatli oila” loyihasi bo‘yicha “Noqis” mahallasida yashovchi, jurnalist Fazilat Abdullayevaning xonadoniga tashrif buyurishdi.
Bu uchrashuvda ishtirokchilar Fazilat Abdullaevaning ijod namunalari bilan yaqindan tanishib, uning hayotiy tajribalari va ma’naviy qadriyatlari haqida suhbatlashdilar.
Qizg'in suhbatdan so'ng Gulbahor Erqulova ijrosida Kattaqo'rg'onlik shoir Noqis qalamiga mansub "Dog'man" qo'shig'ini uchrashuv ishtirokchilari bilan birgalikda kuylashdi. Bu kabi uchrashuvlar ma’naviyat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishda katta ahamiyatga ega.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.