insurez
01-05-2024 16:34

MA’RIFAT ULASHIB


Bugun 14-IDUMda Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi shahar bo‘limi boshlig‘i Q.Boykalonov, Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis B.Qodirov hamda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Yuldoshevalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Bitiruvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan tadbirda yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirdilar. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish, avvalo har bir yoshning ma’naviyatli-ma’rifatli bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir so‘nggida “Ma’rifat ulashib" loyihasi  doirasida o‘quvchilarga "Muhammad Yusuf" nomli video film namoyish etildi. 


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -