Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi
Bugun shahar hokimligida mahallalarda ma’naviy-ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ma’rifat, axloq-odob, o‘zbekona an’analarni aholi orasida targ‘ib qilish mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev, shahar bosh imom xatibi A.Nazarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov, imom xatiblar, yoshlar ishlar bo‘limi vakillari qatnashdi. Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar mahallalarda, oilalarda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ma’rifatni yanada yaxshilash bu borada keng jamoatchilik, aholi orasida, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish borasida tegishli tavsiyalar berildi. Hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.