insurez
03-06-2024 10:10

Maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhokama qilindi


Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi ta’lim-tarbiya natijadorligiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar prokurori Ismoil Nuriddinov ishtirokida maktablarning direktorlari va o‘rinbosarlari bilan bo‘lgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi.

Ayrim maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shahar hokimi ta’lim muassasasi rahbarlarining ma’naviy ishlarga mas’ul ekanligini ta’kidladi va bu borada qat’iy topshiriqlarni berdi.

Shuningdek, yig‘ilishda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatlar, ularning sabablari va oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan ham tegishli vazifalar belgilab olindi.

                                                            

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -