TABRIK
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi.
Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi.
Ushbu ustamaga ega bo‘lganlar orasida Kattaqo'rg'on shahar 17-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Radjabova Mexrigul Shavkatovnani borligi bizni quvontiradi. Maktab jamoasi ustozning kelgusi ishlarida bundanda zo'r zafarlar tilab qolamiz.