insurez
15-05-2024 11:31

TABRIK


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi. 

Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi.

Fursatdan foydalanib, ushbu ustamaga ega bo‘lgan Kattaqo'rg'on shahar ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali kimyo fani o'qituvchisi Yaxshiboyev Jahongir Baxron o'g'li (Graduate Record Examinations 168 ballik sertifikat sohibi)ni  muborakbod etib,  ustozning kelgusi faoliyatlarida yana-da yuksak zafarlar tilab qolamiz.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -