Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlar qay darajada?
Keyingi yillarda shahrimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Shahar hokimi Gavhar Alimova o‘rganish maqsadida dastlab, 2 maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi. Muassasadagi ko‘kalamlik, turli gullar bilan burkangan go‘zallik kishigа shukuh bag‘ishlaydi. Shahar hokimi bog‘chadagi bu ajoyib manzara tarbiyalanuvichilarga estetik zavq bag‘ishlashini, ularda tabiatga mehr uyg‘otishini, pedagoglarni ham ko‘tarinkilik bilan ishlashga undashini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bog‘chada taomlar ham ratsion asosida tayyorlanib, idishlarning tozaligi ham sanitariya talablariga javob beradi.
Shu kuni shahar hokimi 3 maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib, mavjud sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini sifatli tashkil qilish, obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish lozimligi yuzasidan o‘z fikrlarini berdi.