MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Albatta, bugun yurtimizda bunga alohida e’tibor qaratilgan. Shu jumladan, shahrimizda ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari bugun zamon talablariga javob beradigan maskanlarga aylandi.
5- maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan shahar hokimining o‘rinbosari Jasur G‘aniev bu borada ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Pedagoglarning me’yoriy hujjatlarini hamda mashg‘ulotlarning o‘tkazilishini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, bolalar uchun taomlarning belgilangan tartib asosida tayyorlanish jarayonlarini o‘rgandi. Ta’lim muassasasidagi sharoitlar bilan tanishish davomida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.