MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
Bugun shahrimizdagi 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti” loyihasi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahrimizdagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar ishirokchilari tarbilanuvchilarning maktabgacha ta’lim olishlari uchun barcha imkoniyatlarning yaratilganligi yosh avlodni barkamollikda voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Seminar doirasida bolajonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi.
Shahar hokimi bu kabi tadbirlarni yanada ko‘plab tashkil qilish, o‘zaro tajriba almashish lozimligini, mashg‘ulotlarni o‘tishda ko‘proq milliylikni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.
Seminarda shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari o‘zaro fikr almashdilar.