MAKTABDA HAMID SAMADOV JASORATIGA BAG‘ISHLANGAN YODGORLIK MONUMENTI OCHILDI
Oramizda shunday insonlar borki, ular ko‘rsatgan jasoratlari, ezgu amallari bilan o‘zlaridan ulkan xotira qoldiradilar. Hamshahrimiz, bag‘rikeng, buyuk qalb soxibi Hamid Samadovni ana shunday insonlardandir.
Bugun Hamid Samadov yashab o‘tgan mahallada joylashgan, farzandlari tahsil olgan shahrimizdagi 2-IDUMda uning xotirasiga atab o‘rnatilgan yodgorlik monumenti ochilish tadbirida bu borada so‘z yuritildi.
So‘zga chiqqan shahar hokimi Gavhar Alimova hamshahrimizning bu jasorati xalqimizning bag‘rikeng va saxovatpesha ekanligining yorqin namunasi ekanligi, bu ezgu ish barchaga namuna bo‘lishini taʼkidladi.
Tadbirda ishtirok etgan Hamid Samadovning yaqinlari ko‘rsatilgan bu kabi ehtiromdan mamnunliklarini bildirar ekanlar, albatta, ushbu monument yoshlarga ibrat bo‘lishi bilan birga, insonlar orasidagi mehr-oqibat, millatlararo ahillikni, oila birdamligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishini bildirdilar.