insurez
26-03-2025 16:42

"Mahmudxo'ja Behbudiyning ilmiy- ma’rifiy merosi”


SamDU Kattaqo'rg'on filialida "Mahmudxo'ja Behbudiyning ilmiy- ma’rifiy merosi” mavzusidagi insholar tanlovining  Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovning ochilish tadbirida fakultet dekani A.Sobirov, dekan o'rinbosari J.Abduraxmonov, O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri J.Quchqorov, kafedra o'qituvchilari hamda tyutorlar qatnashdi.

Talabalarga insho yozish tartibi, tanlov maqsadi tushuntirildi. Shundan so'ng talabalar ijodiy ishni yozib boshlashdi. O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchilari N.Abdumannatova hamda D.Suyunova nazorat qilib, baholashdi.

Teglar
- -