insurez
28-05-2024 16:31

Mahallla yettiligi faoliyati o‘rganildi


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi Chordara va Baland chordara mahallalarida bo‘lib, bu yerda mahalla yettiligi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalla hududida jinoyatchilikni oldini olish, migratsiyadagi fuqarolar oilalarini qo‘llab-quvvatlash hamda migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, shahar hokimi ushbu mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini borishini ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligining hamkorlikdagi faoliyati samaradorligini oshirish borasida o‘z tavsiyalarini berdi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -