insurez
19-04-2025 15:39

Mahallalarning xavfsiz bo‘lishi aholi farovonligiga xizmat qiladi


Bugun shahar hokimligida shahar hokimi G.Alimova ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalla va tegishli tashkilotlar vakillari, mahalla faollari qatnashdilar. 

Dastlab, Davlatimiz Rahbarining joriy yildagi 1 – sonli qarori mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarlikarni oldini olish, aholi uchun farovon turmush sharoitini yaratish, bunda mahalla yettiligi va tegishli tashkilotlarning mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish, uning oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini amalga oshirish, halollik vaksinasi bilan emlashni oiladan boshlash kerakligi, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida gapirildi.

Yig‘ilishda so‘z yuritilgan masalalar yuzasidan  tegishli vazifalar belgilab olindi.

   

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -