Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash Kengashi yig'ilishi o'tkazildi
Kuni kecha shahar hokimligida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a'zolari va mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yig'ilishda Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori, 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli Qarorining ijrosini ta'minlash, mahallalarda yashil energiyadan samarali foydalanishni tashkil etish, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi va aholi xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Yig'ilish davomida o'tgan davrda qilingan ishlar yuzasidan mas'ullarning hisoboti eshitildi. “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini joriy qilish bo'yicha mutasaddilarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.