insurez
14-10-2025 18:55

MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHIT BO‘LISHI LOZIM


Bugun Kattaqo’rg’on shahar hokimligida shahar hokimi G.Alimova, shahar prokurori I.Nuriddinov va IIB boshlig’i G’.Islomov tomonidan shahar mahalla yettiligi vakillari va mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, kremenogen vaziyatni barqarorlashtirish va profilaktik ishlarni yaxshilash borasida mas’ullar tomonidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Shuningdek, yig'ilishda mahalla yettiligi vakillarining bu borada hamkorlikdagi amalga oshirishi lozim boʻlgan ishlar bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -