insurez
24-02-2025 17:00

Mahallalarda o’rganishlar olib borildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar prokuror o‘rinbosari A.Xaydarov tomonidan mas'ullar ishtirokida Alisher Navoiy, “Baland chordara”, “Miyonkol”, “Nurafshon”, “Qoriravot”, “Zarafshon”, “Kunjupay”, “Bahoriston”, Noqis va “Do‘stlik” mahallalarida o‘rganish  ishlari olib borildi. 

O‘rganishda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan tadbirlar olib borilishi, mahalla “ettiligi” a’zolariga mahallani “qizil” toifadan chiqarish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan ko'rsatmalar berildi. Shuningdek “Do‘stlik” mahallasida o‘rnatilib, profilaktika inspektorining xizmat xonasida integratsiya qilingan kameralar ham ko‘zdan kechirildi.

Teglar
- -