insurez
24-01-2025 17:37

MAHALLALAR AHOLISI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI


Kattaqo‘rg‘on shahrida istiqomat qiluvchi, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan mahallalar aholisi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida ishlar olib borilyapti. 

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar 1-son Oilaviy poliklinikasida “O‘rikzor” va “Qo‘shxovuz” mahallalari aholisi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, sog‘liqni muhofaza qilish va kasalliklarni erta aniqlash maqsadida mutaxassislar jamoasi ish olib bordi.

Tadbir davomida jami 215 nafar (shundan 165 nafar katta yoshdagi hamda 50 nafar bolalar) aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik natijasida kasalliklar aniqlangan 12 nafar fuqaro ambulator davolanishga yo‘naltirildi.
Ushbu tadbirlar mahalla aholisining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va mutaxassislar ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -