MAHALLADA QABUL O‘TKAZILDI
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etilishida o‘tkazilayotgan qabullarning ahamiyati yuqori bo‘lmoqda. Shu jumladan, “Ko‘hnadam” mahallasida o‘tkazilgan qabul davomida ham fuqarolarning murojaatlariga ijobiy yechim topildi.
Shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Kuchkarova hamda Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodievalar tomonidan o‘tkazilgan qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolarning turli masaladagi murojaatlari o‘rganildi .O‘rganish davomida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrim murojaatlar joyida hal etildi. Shuningdek, muddat talab qiladigan murojaatlarni hal etilishi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.