Mahalla yettilligi hisoboti eshitildi
2024 yil davomida Kattaqo'rg'on shahrida mahallalar yettiligi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Bugun Kengash raisi G.Alimova rahbarligida bu borada qilingan ishlar sarhisob qilindi.
Dastlab, 11 oy davomida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borildan ishlar yuzasidan mahallalar uyushmasi raisi A.Raxmonovning hisoboti eshitildi. Kelgusidagi rejalar xususida fikrlar almashildi. Shuningdek, mahallarda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, aholi bandligini ta'minlash, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, mahallalarda jinoyatchiliklarni oldini olish, fuqarolarga ijtimoiy ko'maklashish borasida 2024 yilning o'tgan davri mobaynida qilingan ishlar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.
Yakunda kelgusidagi ishlar yuzasidan aniq vazifalar va rejalar belgilab olindi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.