insurez
26-06-2024 18:25

MAHALLA YETTILIGI UCHUN SEMINAR TASHKIL QILINDI


Shahar hokimligida mahalla yettiligi  uchun seminar tashkil qilindi. Seminar doirasida bir qator masalalar yuzasidan ma’ruzachilarning so‘zlari eshitildi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i energetika sohasida  bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 204-sonli qarori mazmun-mohiyati, quyosh panellari o‘rnatishning ahamiyati, “Mahalla byudjeti”ni shakllantirish, mahalliy mol-mulk va yer solig‘i qarzdorliklarini undirilishi, haj ziyoratidan qaytadigan xoji ota va onalarni mahallalar ijtimoiy hayotida faol ishtirokini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida seminar ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.

Bu borada so‘zga chiqqanlar ushbu masalalar yuzasidan savollarga javob berdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -