“Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan topshiriqlar berildi
Kattaqo’rg’on shahar Yermachit mahallasida 1 sektor hududidagi mahallalar yettiligi va sektor shtab a’zolari bilan yig’ilish o’tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, Respublika IIV ishchi guruhi a’zosi U.Samatov hamda tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
Yig’ilish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va hal etish doirasida hamkorlikdagi olib borilayotgan ishlar samaradorligi, muddati o‘tgan kredit qarzdorligi hamda yer va mol-mulk soliqlarini undirilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilib, qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.