insurez
03-05-2024 09:13

“Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan topshiriqlar berildi


Bugun “Mahallalar” uyushmasi shahar bo‘limi binosida shahar hokimi Gavhar Alimova, respublika Soliq qo'mitasi boshqarma boshlig‘i A. Qurbonov mas’ul rahbarlar va shahar mahallalari raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Mazkur yig‘ilishda joylarda “Mahalla yettiligi” a’zolarining  o‘zaro hamkorlikdagi amalga oshirishi lozim bo‘lgan tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi bandligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi muhim vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.  

 Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -