MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
Bugun shahar hokimligida mahalla yettiligining faoliyati va uning samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar avvalida mahallalarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida mahalla yettiligining hamkorlikdagi faoliyati haqida so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng 1-sektor hududidagi mahalla yettiligining faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi. Mahalla hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va yettilikning boshqa vakillari o‘z vazifalari doirasida amalga oshirgan ishlari borasida taqdimotlarini namoyish etdilar.
Shuningdek, seminar davomida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari haqida zaruriy tushuntirishlarni berdi.
Shunday seminar barcha sektorlar kesimida bo‘lib o‘tadi.